Davlat mansabdorlari hamda ularning oila aʼzolari daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi
«Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va tegishli Qarori imzolandi.
Unga koʻra, endilikda:
— Barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi
— “Manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonun ishlab chiqiladi
— “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri” yuritiladi
—«Korrupsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimi» ishga tushiriladi
— Davlat xizmatchilari, tashkilotlari, korxonalari rahbarlari va oʻrinbosarlari, ularning turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi
— Davlat xizmatchilariga respublika hududidan tashqarida hisobraqamlar ochish va egalik qilish, naqd pul mablagʻlarini saqlash, koʻchmas va boshqa mol-mulkka ega boʻlish taqiqlanadi
— Jinoyat kodeksida daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik oʻrnatiladi
— Davlat organlari va tashkilotlarida ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi va Internet orqali translyatsiya qilinadi
— Har yil yakuni boʻyicha barcha davlat organlari va tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting eʼlon qilinadi
— Davlat xizmatchilarining Odob-axloq kodeksi qabul qilinadi.
Farmonga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va oʻrinbosarlari, ularning turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi.
Deklaratsiyani berishdan bosh tortish va qasddan notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va javobgarlikka sabab boʻladi.
2022-yil 1-yanvardan davlat xizmatchilariga xorijda bank hisobraqamlarini ochish, naqd pul mablagʻlarini saqlash va boshqa mol-mulkka ega boʻlish taqiqlanadi.
Mansabdorning oʻz shaxsiy manfaati majburiyatlarini obyektiv va xolis bajarishiga taʼsir koʻrsatuvchi yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan vaziyatlar manfaatlar toʻqnashuvi hisoblanadi.
Manfaatlar toʻqnashuvini oshkor qilish va oldini olish boʻyicha chora koʻrmaganlik javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring