Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat fuqarolik xizmatini raqamlashtirish masalasida hamkorlik qiladi

18:23 14 Dekabr 2022 Siyosat
682 0

Foto: Халқ сўзи

Bugun Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Otabek Xasanov va vazir Sherzod Shermatov ushbu masala yuzasidan suhbatlashishdi.

Raqamli davlat xizmatining joriy etilishi har tomonlama manfaatli boʻlishi, ayniqsa, korrupsiyaning oldini olish, turli ovoragarchilik va qogʻozbozliklarga barham berilishi muhokama qilindi. Bu borada qator xorijiy davlatlarning sinovdan oʻtgan tajribalari muhokama qilindi.

Masʼul rahbarlar ushbu sohada 2023-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni rejalashtirib olishdi.

Shuningdek, Otabek Xasanov Vazirlik tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda tashkilotning markaziy apparati hamda tizimidagi korxona, tashkilot muassasalarning rahbar-xodimlariga tizimdagi oʻzgarishlar, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuncha berdi, davlat xizmatida mavjud muammolar, ularni bartaraf etishda IT roli mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi.

Konstruktiv ruhda oʻtgan muloqotda davlat xizmatchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер