Davlat xizmati markazlari stiker bermaydi

19:14 10 Iyul 2020 Jamiyat
1273 0

Respublika Maxsus komissiyasi tomonidan transport harakatlanishi vaqtincha cheklanib, karantin joriy etilishi haqidagi xabari tarqalganidan soʻng, Davlat xizmatlari agentligi ijtimoiy sahifalari va telegram-botiga mashinalarga stiker berish bilan bogʻliq savollar kelib tushib, aholi oʻrtasida turli anglashilmovchiliklarga sabab boʻlmoqda.

DXA axborot xizmati xabar berishicha, Maxsus komissiya bayoniga koʻra, joriy yilning 9-aprelidan boshlab Davlat xizmatlari markazlari orqali harakatlanish uchun ruxsatnomalar berilishi TOʻXTATILGAN.

Bugungi kunda DXAga Davlat xizmatlari markazlari orqali stiker berish haqida hech qanday topshiriq belgilangani yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер