Davlat ijtimoiy ehtiyojmand aholini ish bilan taʼminlashda qoʻshimcha kafolatlar joriy etadi

06:39 05 Iyun 2023 Siyosat
890 0

Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining bepul koʻmagi orqali, shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.

Davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

— 14 yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota-ona, koʻp bolali oilalardagi ota-onalar;

— maktablar, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlarni tugatgan yoshlar;

— “Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek OTMning grant asosidagi bitiruvchilari;

— Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmatining qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar;

— nogironligi boʻlgan shaxslar;

— pensiyaoldi yoshidagi shaxslar;

— jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar;

— odam savdosidan jabrlanganlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер