Davlat ish oʻrni yaratmaydi — Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

19:33 23 May 2021 Jamiyat
2489 0

Toshkent besh tashabbus harakatida ishtirok etgan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov davlat korxonalaridagi oylik maosh va ish oʻrinlari masalasida berilgan savolga javob qaytardi.

«Oyliklar kam deganingizga. Birinchidan katta korxonaning xarajatlari ham katta boʻladi. Shuning uchun ham koʻpgina davlatlarda ish oʻrnini davlat yaratmayapti. Davlat aksincha, ish oʻrnini yaratish uchun imkoniyat sharoit yaratib berishi kerak. Shuning uchun bizda tadbirkorlikni rivojlantirishga asosiy urgʻu berilmoqda. Ularni moliyalashtirish, ularga sharoitlar yaratib berish, kerak boʻlsa yer va boshqa imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Korxona qanchalik kichkina boʻlsa, uning xarajatlari, tannarx ham shuncha past boʻladi va bu orqali ish oʻrinlari, oyliklar ham nisbatan yaxshi boʻladi», dedi vazir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер