Davlat dasturlariga ajratilgan qariyb 21 trln soʻm mablagʻning maqsadli sarflanishi va ishlarning sifati yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatilgan

13:15 10 Aprel 2023 Jamiyat
658 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura boʻlim prokurori Farrux Sultonov maʼlum qildi.

Dasturlar ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika va hududiy shtablar hamda ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Shtablar tomonidan Investitsiya dasturidagi 1.378 ta, “Yangi Oʻzbekiston” massivlaridagi 827 ta va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi 6.007 ta loyihaning har biri monitoringga olingan.

Birgina, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida 3.238 ta obyektda qurilish ishlar yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Jumladan, 514 ta ichimlik va oqova suv taʼminoti, 328 ta elektr tarmogʻi, 54 ta gaz taʼminoti, 104 ta ijtimoiy soha va 428 ta boshqa turdagi obyektlarda qurilish–taʼmirlash ishlari yakunlandi.

2023-yilda davlat dasturlariga ajratilgan 21 trln soʻmga yaqin mablagʻning maqsadli sarflanishi va ishlarning sifati yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatildi.

Shu bilan birga, “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining birinchi mavsumida tasdiqlangan 1.666 ta loyihalarni amalga oshirish uchun yoʻnaltirilayotgan 1 trln 571 mlrd soʻm mablagʻlarni maqsadli sarflanishi nazorat qilib boriladi.

Prokuratura organlarida joriy etilgan “Byudjet nazorati” elektron dasturi orqali barcha obyektlar boʻyicha onlayn monitoring yoʻlga qoʻyildi.

Internetda ochilgan maxsus kanal va prokuratura organlarida ishga tushirilgan “ochiq telefon” orqali esa keng jamoatchilik uchun dasturlar ijrosining borishini muhokama qilish imkoni yaratildi.

Pudratchi va loyihachi tashkilotlarning reytingini yuritish va tender savdolari oʻtkazishni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ijrosi oʻrganildi.

Natijada noxolis baholash mezonlari bekor qilindi, reytingni haqqoniy shakllantirish tartibi joriy etildi.

Ilk marotaba mamlakatimizda faoliyat olib boruvchi 2 mingga yaqin loyiha tashkilotining reytingi shakllantirildi.

Pudratchi va loyihachini tanlash jarayonida xarid komissiyasining ishtiroki toʻliq bekor qilindi.

Davlat obyektlarini quradigan pudratchi va loyihachi-larni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi platforma orqali inson omilisiz, reyting asosida elektron belgilash joriy etildi.

Qonun buzilishi uchun jazoning muqarrarligini taʼminlash bilan birga, asosiy eʼtibor bunday holatlarning oldini olishga qaratilmoqda.

Xususan, hududlarda olib borilayotgan oʻrganishlar davomida mingdan ortiq qurilish korxonalarining muammolari joyida bartaraf etilishi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер