Davlat aktivlarini xususiylashtirish va ijaraga berish soddalashtiriladi

18:07 17 Mart 2026 Hujjatlar
523 0

Illyustrativ foto

2026-yil 17-mart kuni qabul qilingan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yoʻllari boʻyida zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualari va servis obyektlari, jumladan joylashtirish vositalari, savdo-koʻngilochar markazlarini master-reja asosida joylashtirish boʻyicha:

• boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish toʻgʻrisidagi Prezidenti qarori asosida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori Prezident bilan kelishilgan holda yer toifasini boshqa toifaga oʻzgartirish uchun asos boʻladi.

Soliq kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra:

• davlat koʻchmas mulk obyektini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan xaridorga mazkur obyekt egallagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchun soliq, agar mazkur obyektga “tasarruf etish huquqisiz” belgisini qoʻygan holda davlat orderi berilgan boʻlsa, yer uchastkasining xaridor tomonidan mazkur obyekt boʻyicha sotib olish toʻlovlarining toʻlangan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng maydoni yuridik shaxslardan undiriladigan yer soligʻi bazasi etib belgilandi.

Bunda soliqlar davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha sotib olish toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qoʻmitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер