Darslik chop etuvchi nashriyot-matbaa korxonalarining faoliyat yuritishiga ruxsat berildi
Respublika maxsus komissiyasining Qaroriga koʻra:
- 2020/2021 oʻquv yilida umumtaʼlim muassasalarini darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalari bilan toʻliq va oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida ularni nashrga tayyorlash hamda chop etish ishlariga jalb etilgan davlat va xususiy nashriyot-matbaa korxonalarining faoliyat yuritishiga ruxsat berildi.
- Bunda:
- nashriyot-matbaa korxonalarining faoliyati hududiy Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda sanitariya-gigiyena tadbirlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi;
- ushbu korxonalarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga toʻliq rioya etilishi, xodimlarga ovqatlanishni tashkil etish, shaxsiy gigiyenik vositalar bilan taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik tegishli korxona rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring