Daraxtlarni sugʻorishga kimlar masʼul?
Daraxtlar va butalarni sugʻorish va oziqlantirish:
— shahar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda – hokimliklar shuningdek, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqda tashkilotlar;
— ichki koʻchalar, mahallalar hududlari hamda koʻp qavatli uylar oraligʻi va atrofida – mahalla, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqda tashkilotlar;
— tashkilotlarning hududlarida – yer egalari;
— avtomobil yoʻllari boʻylarida – Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tashkilotlari;
— temir yoʻllar boʻylarida – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari;
— daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar boʻylarida – hokimliklar va suv xoʻjaligi organlari;
— fermerlar yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda – yer egalari;
— zaxira yerlarda – hokimliklar tomonidan amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring