Dangʻarada Italiyadan keltirilgan quyonlar parvarishlanyapti
Ayni paytda Dangʻara tumanida faoliyat koʻrsatayotgan paxta-gʻallachilik yoʻnalishidagi 191 ta fermer xoʻjaliklarining 134 tasi koʻp tarmoqli xoʻjalik maqomiga ega.
“Yigitali” fermer xoʻjaligida paxta-gʻallachilik yoʻnalishidan tashqari ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va servis, bogʻdorchilik tarmoqlari jadal rivojlanmoqda. Yaqinda fermer xoʻjaligi tasarrufida quyonchilik klasteri tashkil etilib, tuman hokimligi zaxirasidan 11,8 gektar yer ajratildi.
— Hozirgi kunda quyonchilik klasterida Italiyadan keltirilgan 2,5 ming bosh naslli quyonlar parvarishlanyapti,-deydi fermer xoʻjaligi rahbari Zoir Nazirov. – Xoʻjaligimiz qoshida quyon kataklari va omuxta yem ishlab chiqarish faoliyati yoʻlga qoʻyilib, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlar uchun imtiyozli narxda yetkazib berilmoqda.
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring