Dam olish kunlari uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston hududiga shanba va yakshanba kunlari nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet”.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, payshanba kuni yogʻib oʻtgan yogʻingarchilikdan soʻng, bugun kunduzi Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati 0-5 daraja iliq, janubda 6-9 daraja iliq atrofida boʻladi.
Shanba va yakshanba kunlari Oʻzbekiston hududiga nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi. Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi. Shamol gʻarbdan birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring