Dam olish kunlari ob-havo qanday boʻlishi aytildi
Foto: “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” agentligi dam olish kunlari uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun, 23-may kuni kunduzi Oʻzbekiston hududiga salqin va nam havo massalari kirib kelgan. Bu esa respublika boʻyicha havo bulutli boʻlishiga olib keladi.
Baʼzi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-31 daraja, janubda 35-38 daraja boʻladi.
24-24-may, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi va harorat biroz koʻtarilishi kutilmoqda. Kunduzlari harorat 31-34 darajagacha isiydi.
Bugun kunduzi Toshkent shahrida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat 28-30 daraja boʻladi, shamol 12-17 m/s gacha kuchayadi. Shanba va yakshanba kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, harorat asosan 31-34 daraja boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi poytaxtda kuzatilayotgan kuchli shamol va noqulay ob-havo sababli ogohlantirish bergan edi.
Unga koʻra, ob-havoning yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdorining koʻpayishi kuzatilishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring