Dam olish kunlari ob-havo qanday boʻladi?
Bugun va dam olish kunlari xorijiy janubdan quruq va issiq havoning kirishi davom etadi, Oʻzbekiston hududida ob-havo kam bulutli boʻladi. Bu haqda Meteorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Havo harorati kechasi 8-10 daraja atrofida, kunduzi 23-25 daraja boʻladi. Bunday harorat iqlimiy meʼyordan 4-5 darajaga yuqoridir.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda oktyabr oʻrtasining ob-havosi har xil boʻladi.
Shunday 2012, 2016 va 2018-yillarda kechasi havo harorati ayozlargacha pasaygan, kunduzi esa termometr ustunchasi 6-8 daraja iliqdan koʻtarilmagan.
2008, 2010, 2011, 2017-yillarda oktyabr oʻrtasida eng issiq ob-havo kuzatilgan – kunduzi harorat 28-30 darajaga koʻtarilgan. Oktyabrning shu kunlari uchun maksimal harorat rekordi 32-34 darajani tashkil etadi.
Ertaga Respublika boʻylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi:
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 23-25° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyati havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 20-25° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 23-28° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 22-27° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 23-28° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring