COVID-19 inqirozidan keyin taʼlim tizimini nimalar kutmoqda?

21:45 26 Aprel 2020 Jamiyat
1676 0

Bugun, 26-aprel kuni Rossiyada Hukumat tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan Moskva xalqaro taʼlim saloniga start berildi. Tadbirda pandemiya sharoitida taʼlim tizimini tahlil qilish, kelajakda taʼlim tizimini kutayotgan oʻzgarishlar bilan bogʻliq dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi koʻmagida Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari ilk marotaba mazkur xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda.

COVID-19 inqirozidan taʼlim tizimi qanday chiqadi? Moskva xalqaro taʼlim salonida boʻlib oʻtadigan muhokamalar markazida mana shu savol turadi. Xalqaro tadbir shu yilning 26-29-aprel kunlari onlayn formatda oʻtkazilib, unda dunyoning turli burchaklaridan 1000 nafardan ortiq ekspert va spikerlar ishtirokida 200 ta turli formatdagi tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Salon ikkita yangi formatda oʻtkazilmoqda. “MXTS-strim” formatida turli mutaxassislar, taʼlim tizimi vakillari, davlat va biznes masʼullari spiker sifatida qatnashib, taʼlim tizimining dolzarb masalalarini onlayn formatda muhokama qilishadi.

“Taʼlim sohasining interaktiv xaritasi” virtual koʻrgazmasida esa mehmonlar uydan chiqmasdan oʻz-oʻzini izolyatsiya qilgan holda virtual ekspozitsiyadagi kompaniyalar stendlari, mahsulot va xizmatlari va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.

Xalqaro tadbir ishtirokchilaridan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti soʻnggi yillarda Rossiyaning yetakchi OTMlari bilan, xususan, MSU Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti, Qozon federal universiteti, Ural federal universiteti bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.

Bugungi kunda taʼlimni raqamlashtirish, onlayn taʼlim va elektron kontentni rivojlantirish, Moodle taʼlim tizimini boshqarish yoʻlida turgan respublikamizdagi oliy oʻquv yurtlari uchun tajriba oʻrganish, xorijiy hamkasblar bilan fikr almashish juda muhimdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер