Sogʻliqni saqlash vaziriga yana bir oʻrinbosar tayinlandi
Prezidentimizning tegishli qarori bilan Akademik Yo.X.Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasida ishlab kelgan Alimov Anvar Valiyevich Cogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari – Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov Toshkent pediatriya instituti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri singari masʼul lavozimlarda ishlagan.
2020-yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring