“Click” toʻlov tizimlari orasida ustun mavqega ega deb topildi
Illyustrativ foto
Raqobat qoʻmitasi «Click» AJni onlayn toʻlov tizimlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma deb topdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar qildi.
Endilikda kompaniya monopoliyaga qarshi qonunchilik doirasida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etadi va monitoring oʻtkazib boradi.
Odatda kompaniyalar yoki shaxslar guruhining bozor ulushi 40 foiz yoki undan yuqori boʻlsa ular ustun mavqega ega deb tan olinadi. Avvalroq “Payme” platformasi ham ustun mavqega ega deb topilgandi.
Taʼkidlash joiz, «Click» AJ 2011-yil noyabr oyida tashkil etilgan boʻlib, uning asoschilari Ulugʻbek Rustamov, Rustam Fayziyev hamda Bahodir Abdukadirov hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring