Chust tumanida noqonuniy “mayning ferma” tashkil etgan shaxs fosh boʻldi
Namangan viloyati Chust tumanida uyida noqonuniy “mayning ferma” tashkil etgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi fuqaro X.N. yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga kripto — aktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun 2 dona mayning qurilmalarini noqonuniy ulagan.
Buning natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 653 million soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlik yoʻli bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning. Energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring