“Chorsu” bozorining butunlay yangicha qiyofasi bo‘yicha fotoloyiha taqdim etildi
Toshkent shahri hokimiyati “Chorsu” bozorining tashqi ko‘rinishi butunlay yangilanishi bo‘yicha loyihani namoyish etdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Hokimlik bergan bayonotga ko‘ra, hozircha bu taqdim etilayotgan loyihalardan biri sanaladi. Hozircha bu Toshkent aholisining fikrini o‘rganish maqsadida taqdim qilinmoqda.
“Go‘zal Toshkentning Chorsu bozor kompleksi butunlay yangi qiyofa kasb etishi ko‘rinishida Toshkent shahri hokimiyati maxsus fotoloyiha tayyorladi. Hamshaharlarimiz ushbu loyihaga qanday munosabatda bo‘lishlari, qiziqishlari, turli fikrlar bildirishlari, qanday xulosa qilishlari biz uchun muhim”, deyilgan shahar hokimiyati bayonotida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring