Choy importi 3,3 mln dollarga kamaydi
Joriy yilning 1-sentyabr holatiga Oʻzbekiston 22 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 20,2 ming tonna choy import qilingan. Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda import hajmi 416,2 tonnaga kamaygan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan sakkiz oy mobaynida Oʻzbekiston choy mahsulotini eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 16,1 ming tonna
Keniya – 1,6 ming tonna
Vyetnam – 920,4 tonna
Eron – 369,1 tonna
Shri-Lanka – 280,9 tonna
Hindiston – 267,3 tonna
Rossiya – 173 tonna
BAA – 130 tonna.
Maʼlumot oʻrnida, 2019-yilda Oʻzbekistonda 23,5 ming tonna choy ishlab chiqarilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring