“Choy damlashni biladigan jin”man, xolos

12:18 07 Fevral 2020 Jamiyat
1527 0

Bahor fasli. May oyi edi. Matematika fanini oʻqitish boʻyicha qayta tayyorlov kursini tamomlash arafasida edik. Hamma hamkurslar rahbariyat tomonidan amaliyot qilish uchun 3 guruhga boʻlindik. 2 ta guruh oʻzbek sinf oʻquvchilari uchun, 1 ta guruh rus sinf oʻquvchilari uchun. Meni rus sinfda amaliyot qiluvchilarga yozishdi. Sababi telegramm jamoamizda bir-bir ruscha soʻzlarni yozib turardim. Mansur ruschani biladi, deb oʻylashganmi bilmadim. Qisqasi 10 kishi Namangan shahridagi 52-sonli maktabni 5-sinfida amaliyot qilish uchun bordik. Bizni yaxshi kutib olishdi. Sinf xonasiga kirganimizda naqd 40 ta oʻquvchi va 10 ta talaba uchun dars boshlandi. Toʻgʻrisi domla nima deb tushuntirayotganini tushunmadim, lekin matematik boʻlganim uchun uncha-muncha jarayonni payqab turardim. Mavzudan soʻng oʻquvchilarga bajarish uchun misollar berildi. Kimdir-ertaroq, kimdir-kechroq, ishlagan misollarini oʻqituvchiga tekshirtirish uchun olib borishardi. Bola bari bir bolada bir pasda xonada shovqin koʻtarildi. Baʼzilar toʻgʻri ishlaganini sherigiga maqtangan, xato bajarganlar esa darrov toʻgʻrilash uchun joyiga shoshilgan, 5 sinfdagi oʻquvchilar ishlayotgan misollarni gapirib bajarishadi. Bu hamma yosh oʻquvchilarga xos odat. Baʼzi yoshi kattaroq sheriklarim hatto qoʻllari bilan quloqlari berkitib olishdi. Shunda jimlikni saqlash maqsadida doska oldiga bordim. Amaliyot rahbarimizga borib “Bular oʻzbekchani bilishadimi?” dedim ataylab ovozimni koʻtarib, eshitganlari “ha bilamiz” deyishdi. “Unda men sizlarga hozir har qanday sonni bir zumda 11 ga koʻpaytirishni oʻrgatib qoʻyaymi?” deb soʻradim. Baravariga “ha” deyishdi. Boʻrni olib doskaga misollarni yoza boshladim.

Mana shu misollarni ishlanglar dedim. Hammalari daftarga yozib ishlashdi. Javoblarni soʻradim. Shoshilganda yarmidan qoʻprogʻi xato ishlashibdi. “Ana endi oson usulini oʻrgataman”, dedim. Har qanday soni 11 ga koʻpaytirish uchun shu soni masalan: 72 ni, orasi ochiladi va shu sonlar orasiga ikkalasining yigʻindisi yoziladi — 792, Oppa-oson, oʻrgatayotganimda xonadagi tinchlikdan oʻzim ham sheriklarim ham xursand boʻlishdi. “Hamma tushundimi?”, deyishim bilan xonada yana gʻala-gʻovur boshlandi. Shunga doir misollar doskaga toʻldirib yozib qoʻydim. “Boʻrni qoʻyib ishlanglar”, desam, “Ishlab boʻldik, tekshirib bering”, deb daftarni olib kelib atrofimga toʻplanib olishdi. Sheriklarim bilan birma-bir tekshira boshladik. Hamma oʻquvchilar misollarni 100 foiz toʻgʻri ishlagan edi. Eng muhimi, oʻquvchilar yangicha oson usulni oʻrganishganidan xursand edilar. Darsdan chiqib amaliyot rahbarimiz bilan suhbatlashib uyga qaytish uchun tashqariga chiqqanimizda hamma oʻquvchilar meni oʻrab olib aytgan gaplari meni nihoyatda quvontirdi va bir umrga esimda qoladigan voqea boʻldi. “Ustoz bizni maktabga ishga keling, bizga siz dars oʻting”. Shunda men “ruscha matematikani bilmayman”, desam, “mayli oʻzbekcha oʻrgataverasiz, biz bilamiz”, deyishdi. Hatto bittasi: “agar siz bizga kelmasangiz, men oʻqishimni siz ishlaydigan maktabga koʻchiraman”, dedi. Aslida ular bir haqiqatni bilishmas edi. Men kuchli matematik emasman, tajribam ham kam. Marhum qiziqchi Hojiboy Tojiboyev taʼbiri bilan aytganda men faqat “Choy damlashni biladigan jin”man, xolos. Lekin hamma narsa bilimda emas. Muhimi, oʻquvchiga taʼsir koʻrsata olishda, deb oʻylayman. Amaliyotni birinchi kunidayoq 5-sinf oʻquvchisini beixtiyor aytgan gapi menga bir umr oʻquvchilarga matematikani oʻrgatish uchun kuch bersa kerak.

M. Mirzabdullayev,

Namangan tumanidagi 7-sonli maktabning

matematika fani oʻqituvchisi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер