Chivin chaqqan odam 3 hafta komada yotdi
Amerikalik Jo Keysi chivin chaqishi oqibatida uch hafta komada yotganidan soʻng kasalxonadan chiqdi. Biroq u uygʻonganidan soʻng yura olmadi va gapira olmadi.
WCAX maʼlumotlariga koʻra, avgust oyida 55 yoshli AQSH fuqarosining sogʻligʻi yomonlashgan. Hasharot bir vaqtning oʻzida uchta infeksiyaning tashuvchisi boʻlib chiqdi. Yaʼni u sharqiy ot ensefaliti, Gʻarbiy Nil isitmasi va Sent-Luisa ensefalitini yuqtirishi mumkin.
Ushbu kasalliklarning kombinatsiyasi immunitetni zaiflashtirgan va uning bosh suyagida suyuqlik toʻplanib, miyasiga bosim oʻtkazgan. Endi erkak reabilitatsiyadan oʻtishi kerak, bu taxminan 2,5 oy davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring