Chiroqchida tarvuz pishdi. Zoyir Mirzayev dehqonlar bilan gaplashdi

11:07 08 May 2020 Iqtisodiyot
2608 0

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tarvuz yetishtiruvchi dehqonlar 2020-yil 7 ta davlatga 100 ming tonna tarvuz eksport qiladi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayrim dehqonlar tomonidan yetishtirilgan tarvuzlar pishib ulgurgan va yirik savdo markazlariga ham yetkazib berilgan.

Maʼlum boʻlishicha, 2020-yil 385 ta fermer xoʻjaligi va 591 ta tomorqa egalari 14 ming gektar maydonda tarvuz yetishtirmoqda. Shundan 5 ming gektardan ortiq maydonga ekilgan ertapishar tarvuz 10-maydan boshlab sotuvga chiqadi.

Mirishkorlar yetishtirgan tarvuz Rossiya, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus kabi 7 ta davlatga chiqariladi. Oʻtgan yili 25 ming tonna tarvuz eksport qilingan boʻlsa, joriy yil 100 ming tonna tarvuz sotish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan kuni kecha Chiroqchi tumanining Utmayli mahalla fuqarolar yigʻinida tarvuz yetishtiruvchi dehqonlar va eksportchilar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 
Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Mirzayev boshchiligida oʻtgan ochiq muloqotda respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan eksportchilar ham ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, Chiroqchi tarvuz-qovunlari va poliz ekinlari mahsulotlarini dunyo bozorlariga olib chiqishdan barcha manfaatdordir, zero, Oʻzbekistonda yetishtirilgan har qanday neʼmatga nisbatan jahonda talab yuqoridir.

Uchrashuv yakunida hokim boshchiligidagi mehmonlar lalmi yerlarda yetishtirilayotgan obinovvot tarvuz va qovunlar parvarishlanayotgan poliz ekini dalalarini aylanishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер