“Chiroqchi voqeasi” boʻyicha tuman IIB rahbarlari ishdan haydaldi

21:52 07 Mart 2020 Jamiyat
1981 0

Arxiv surat

Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov 7-mart kuni Qashqadaryo viloyatida boʻlib, “Chiroqchi voqeasi” boʻyicha yana 6 nafar IIB xodimi ishdan olinganini maʼlum qildi. Bu haqda IIB axborot xizmatiga tayanib “Daryo” xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, Chiroqchi tuman IIB boshligʻi Fazliddin Yusupov, tuman IIB boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Norbek Qobilov, tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosar Nodir Ismatov, tergov boʻyicha oʻrinbosar Dilshod Rasulov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Tuman IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari Yunus Mengnorov va 4-sonli IIB katta profilaktika inspektori Sherzod Rahmonov esa endi ular ichki ishlar tizimida faoliyat yuritmasligi taʼkidlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mol oʻgʻirlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak 2020-yil 23-yanvar IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgandi. Keyinroq IIBning boshqa xodimlari ushbu jinoyatni yashirish maqsadida guvohlarga bosim oʻtkazgani maʼlum boʻlgandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olingani haqida xabar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер