Chiqindilarni saralab yigʻish tizimi joriy etiladi

12:16 16 Dekabr 2020 Hujjatlar
1791 0

“Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish” davlat korxonasi Toshkent shahar hokimligi tizimiga oʻtkaziladi.

“Maxsustrans” davlat unitar korxonasi ishtirokida chiqindilar bilan bogʻliq ishlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

2021-yil 1-martdan qattiq maishiy chiqindilarni saralab yigʻish tizimi quyidagi tartibda bosqichma-bosqich joriy etiladi:

1-bosqichda (2021-yilda) – Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilanadigan mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida chiqindilarni “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga ajratgan holda yigʻish;

2-bosqichda (2022-yilda) – “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan barcha hududlardagi yakka tartibdagi turar-joy sektorida qattiq maishiy chiqindilarni “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga ajratgan holda yigʻish;

3-bosqichda (2023-yildan boshlab) – barcha tumanlarda chiqindilarni “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan”, “organik”, “xavfli maishiy chiqindilar” va boshqa toifalarga ajratgan holda yigʻish.

1-bosqichda isteʼmolchilar rangli chiqindi konteynerlari va (yoki) qayta ishlanadigan paketlar bilan bepul taʼminlanadi.

Chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari isteʼmolchilar tomonidan chiqindilar saralab yigʻilganligini inobatga olib pasaytirilgan holda belgilanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер