Chiqindixonadan topilgan “Garri Potter” kitobi 40 ming dollarga sotildi
Foto: РИА Новости
“Garri Potter va falsafiy tosh” kitobining birinchi nashri auksionda 33 ming funt sterling (40 ming dollar)ga sotildi.
Kitobning noyob nashri Britaniyada yashovchi 65 yoshli oʻqituvchi tomonidan 12 yil avval maktabning orqa hovlisidagi chiqindi konteyneridan topib olingan. Uning yonida kitobning yana ikkita yupqa muqovali nashri ham boʻlgan.
Qolgan ikkita kitob ham 20 ming sterlingdan baholanishi kutilgandi, ammo kitob muqovasiga ishkast yetganligi uchun ular 4700 va 3200 funt sterlingga sotilgan.
Garri Potter haqidagi kitob ilk marta 1997-yilda 500 nusxada sotuvga chiqarilgan. Kitoblarning aksariyati maktab va kutubxonalarga bepul tarqatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring