Chiqindi toʻplash maydonchalaridan chiqindilarni qonunga xilof ravishda olib chiqib ketganlik uchun javobgarlik belgilandi
Qonun (OʻRQ–1124-son, 25.03.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, ayrim faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini yuritish boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlar yuklatildi.
Bunda atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga maʼlumotlarni kiritmaganlik, toʻliq kiritmaganlik yoki notoʻgʻri maʼlumot kiritganlik uchun:
— atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha jarima qoʻllanilishi koʻrsatildi.
Shuningdek, qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish, ulardan foydalanish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa:
— BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.
Quyidagilar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi:
— maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan ekologik huquqbuzarliklar uchun;
— chiqindilar toʻplash maydonchalaridan va ularning qoʻriqlanmaydigan inshootlaridan chiqindilarni qonunga xilof ravishda toʻplaganlik va olib chiqib ketganlik uchun.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring