Chinozda 30 yoshli ayol oʻzini poyezd ostiga tashladi
Ijtimoiy tarmoqlarda, Toshkent viloyati Chinoz tumanida ayol oʻzini poyezd tagiga tashlagani haqidagi xabarlar keng tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, 30-aprel kuni Chinoz tumanida yashagan 1995-yilda tugʻilgan ayol “Toshkent-Samarkand” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan tez yurar yoʻlovchi poyezdi tagiga oʻzini tashlashi oqibatda vafot etgan.
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tekshirish oʻtkazilib, sodir boʻlgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda” — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring