Chimyonda adashib qolgan fuqarolarga yordam koʻrsatildi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati
Joriy yilning 30-iyul kuni soat 20:20 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga bir fuqaro qoʻngʻiroq qilib, 3 nafar fuqaro Boʻstonliq tumani Chimyon togʻlariga dam olish maqsadida kelganligi va yoʻldan adashib qaytib tushmaganligini maʼlum qilib, amaliy yordam soʻragan.
Xabarga asosan, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga Chimyon otryadining alpinist qutqaruvchilari jalb qilingan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 31-iyul soat 01:22 da fuqarolar “Katta Chimyon” togʻining dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi choʻqqisidan topilgan.
Ushbu fuqarolarning xavfsizligi taʼminlangan holda psixologik yordam koʻrsatilib togʻ choʻqqisidan erta tongda olib tushilgan va tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi tibbiy koʻrsatilgan.
Fuqarolarning sogʻliqlari yaxshi, ularga hech qanday tan jarohatlari yetmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring