Chilonzorda “Changan” va “Cobalt” toʻqnashishi oqibatida haydovchilar jarohatlandi

11:41 04 Oktyabr 2024 Jamiyat
261 0

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Toshkent shahri Chilonzor tumanida “Changan” va “Cobalt” toʻqnashishi oqibatida haydovchilar jarohatlandi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-oktabr kuni soat 19:40 larda Chilonzor tumani Doʻmbirobod koʻchasi 128-uy qarshisida sodir boʻlgan.

Haydovchilar — 2000-yilda tugʻilgan Z.N. boshqaruvida boʻlgan “Changan” rusumli transport vositasi va 1994-yilda tugʻilgan A.A. boshqaruvida boʻlgan “Cobalt” rusumli transport vositalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi yuz bergan.

YTH oqibatida har ikki haydovchi tan jarohati olgan, ular birinchi yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Manbaga koʻra hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер