Chevrolet Onix avtomobili qachon chiqishi maʼlum boʻldi

11:39 12 Oktyabr 2021 Jamiyat
2673 0

“UzAuto Motors” kompaniyasiga mijozlardan turli xil murojaatlar kelib tushmoqda. Ular orasida eng koʻp soʻralgan murojaatlardan biri bu Chevrolet Onix avtomobilining qachon ishlab chiqarilishi haqida.

Joriy yilning avgust oyida Chevrolet Onix va Chevrolet Traker 2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borildi.

Chevrolet Onix avtomobilining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan soʻng, olti oylik sinov muddatidan oʻtishi kerak. Avtomobillar turli xil iqlim sharoitida, har xil yoʻllarda sinovdan oʻtkaziladi. Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat toʻliq testdan oʻtgandan keyingina boshlanadi.

Chevrolet Onix avtomobili sotuvi 2022-yil oxiri, 2023-yil boshida yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер