Chempionlar ligasining finali qayerda boʻlib oʻtishi maʼlum boʻldi
Chempionlar ligasi finali Istanbuldan koʻchiriladi. Ammo ilgari xabar qilinganidek Londonga emas, balki Portu shahriga.
“Sport-Ekspress” xabariga koʻra, yaqin orada Chempionlar ligasi finalining oʻtkaziladigan joyi koʻchirilgani eʼlon qilinadi.
Demak, Angliyaning «Manchester Siti» va “Chelsi” klublari oʻrtasidagi uchrashuv 29-may kuni Portu shahrida boʻlib oʻtadi.
Istanbul 2022-yilda finalga mezbonlik qilishi mumkin.
Buyuk Britaniya hukumati Turkiyani koronavirus bilan bogʻliq noqulay epidemiologik vaziyatga ega mamlakat sifatida “qizil hudud”ga kiritgan. Shu bois Turkiyadan qaytib kelganlarning barchasi 10 kunlik karantindan oʻtishlari kerak. Shu sababli Angliya hukumati UYEFAdan Chempionlar ligasi finaliga koʻproq ingliz muxlislari tashrif buyurishi hisobga olib, asosiy bahsni Istanbuldan boshqa joyga koʻchirishni iltimos qilgan.
Oldinroq Chempionlar ligasi finali koʻchirilishi haqida xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring