“Chelsi” safarda yirik gʻalabaga erishdi
Kecha, 13-fevral kuni Angliya kubogi musobaqasining toʻrtinchi bosqich oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Londonning “Chelsi” klubi quyi divizion vakili “Hall Siti” jamoasi bilan mehmonda kuch sinashdi.
Uchrashuv 4:0 hisobida “aristokratlar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda hisob 40-daqiqada ochildi. Pedro Neto ushbu golga mualliflik qildi. Birinchi boʻlim 0:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 51-daqiqasida Neto oʻyindagi ikkinchi golini kiritdi. Oradan 8 daqiqa oʻtib, Estevao hisobni yirik koʻrinishga olib keldi. 71-daqiqada Pedro Neto oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi.
Shu tariqa oʻyin 4:0 hisobida yakunlandi. Ushbu gʻalabadan soʻng, London klubi musobaqaning beshinchi bosqichiga yoʻl oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring