“Chelsi” futbolkalaridan Hyundai logotipi olib tashlanadi
Foto: Illustrativ foto
Hyundai kutilmaganda “Chelsi” futbol klubi bilan hamkorlikni toʻxtatdi. Bu haqda “Chelseablues” nashri xabar berdi.
Daily Mail xabariga koʻra, koreys kompaniyasi “Chelsi” futbol klubi bilan barcha marketing va kommunikatsion hamkorlikni toʻxtatgan.
Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati klub xoʻjayini Roman Abramovichga nisbatan joriy etgan sanksiyalardan soʻng bir qancha homiylar Londonning “Chelsi” jamoasi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring