Chelsea sotuvga qoʻyildi

17:45 27 May 2019 Jamiyat
1478 0

Yakkasaroy tumani MIB tomonidan Toshkent shahrida joylashgan Chelsea pabi auksionga qoʻyildi. Bu haqda E-ijro saytida maʼlum qilindi.

Uning boshlangʻich lot qiymati 4 mlrd. soʻm boʻlsa, zakalat puli 202 mln. soʻmga teng. Kimoshdi savdosi 13-iyun kuni boʻlib oʻtadi.

Lot tavsifida Abdulla Qahhor koʻchasi, 25-uyda joylashgan noturarjoy haqida gap boradi. Ayni shu manzilda pab joylashgan. Buni yana berilgan 62 ta fotosuratdan ham bilib olish mumkin: unda pab viveskasi, zallari, oshxonasi va boshqa xonalarini koʻrish mumkin.

Elektr, gaz taʼminoti va kanalizatsiya borligi, umumiy yer maydoni 0,03 ga., inshootning umumiy maydoni 389 metr kvadrat ekanligi, binoda ikki qavat va oltita xona borligi koʻrsatib oʻtilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер