Chavandozimiz Barselonadagi turnir gʻolibiga aylandi
Ispaniyaning Barselona shahrida konkur boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Sara chavandozlar ishtirokidagi bahslar hamyurtimizning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Turnirda toʻsiqlar balandligi 145 smni tashkil etdi. “GO FOUR IT B” tulporida ishtirok etgan Abdurahmon Abdullayev eng yaxshi natijani qayd etib, musobaqa gʻolibiga aylandi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar Portugaliya va Latviya vakillariga nasib etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring