CBS: AQSH Eronda ehtimoliy quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlikni yakunladi
Pentagon AQSH quruqlikdagi qoʻshinlarini Eronga oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini olib bordi, deb xabar bermoqda CBS News.
Nashrda ushbu masala boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingan-qilinmagani haqida maʼlumot berilmagan.
Shu bilan birga, telekanal suhbatdoshlarining taʼkidlashicha, yuqori martabali qoʻmondonlar voqealarning mana shunday rivojlanish variantiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan tegishli soʻrovlarni yuborishgan.
Avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronda quruqlikdagi operatsiya oʻtkazish imkoniyatini istisno qilgan edi. 28-fevraldan beri harbiy harakatlar faqat havo hujumlari bilan cheklanib qolmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring