Dunyo
Rossiya aholisi koronavirus pandemiyasi sababli hududlarda karantin qoidalariga rioya qilgan holda bayram kechasini restoran yoki kafeda oʻtkazishlari mumkin. Tegishli maʼlumotlar Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi portalida eʼlon qilindi. Ammo tartib barcha hududlarga taalluqli emas.
17:07 07 Dekabr 2020Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II maxsus sharoitlarda koronavirusga qarshi emlanmaydi. U preparatni hamma qatori, yaʼni qachonki navbati kelsa qabul qiladi.
15:55 07 Dekabr 2020Janubiy Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida joylashgan Eluru shahrida yashovchi bir fuqaro nomaʼlum xastalikdan vafot etgan. Yana 315 kishi xuddi shu aniqlanmagan xastalik alomatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.
14:53 07 Dekabr 2020Sobiq futbolchi va Argentina terma jamoasining murabbiyi Diyego Maradona har oy 10 milliondan ortiq Argentina pesosi (100 ming yevrodan koʻp) sarflab kelgan.
14:44 07 Dekabr 2020Joriy yil BMT hisobotiga koʻra, avvalroq qayd etilgan eng issiq uch yillardan biriga aylanadi.
15:19 05 Dekabr 2020Noyabr oyi boshidan buyon Yaponiyada parranda grippi tufayli ikki million tovuq yoʻq qilindi. Natijada ushbu koʻrsatkich bir mavsum uchun maksimal raqamga aylandi.
13:00 05 Dekabr 2020Qirgʻizistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari 2021-yil 10-yanvar kuni boʻlib oʻtadi.
01:25 05 Dekabr 2020Bayden vaksina xavfsiz deya topilgach oʻzida sinab koʻrishini aytgan. U hozirda Milliy allergik va yuqumli kasalliklar instituti rahbari Entoni Fauchining xulosasini kutmoqda.
23:29 04 Dekabr 2020Gulnora Karimova Shveysariya bankidagi muzlatib qoʻyilgan 350 mln dollarlik aktivlarini qaytarib olishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
19:04 04 Dekabr 2020Geyts 2015-yilda “Agar yaqin bir necha oʻn yillikda 10 milliondan ortiq odamni nobud qiladigan narsa boʻlsa, bu urush emas, balki juda yuqumli virus boʻladi”, deya aytib oʻtgan edi.
17:54 04 Dekabr 2020