Dunyo

Isroil Livandagi quruqlik harbiy amaliyotini kengaytirgan

Isroil mudofaa vaziri Israel Kasning aytishicha, Isroilning Livan janubidagi quruqlik harbiy amaliyoti kengaytirilgan.

17:05 15 Noyabr 2024
Yevropa davlat vazirlari Polshada yigʻiladi. Ular nimani gaplashmoqchi?

Bugun Rossiya-Ukraina urushiga 994 kun toʻldi. Rossiya havo kuchlari Ukrainaning Qora dengizdagi Odessa porti va yaqinidagi uy-joy va elektr inshootlariga zarba berishi oqibatida bir kishi halok boʻlib, sakkiz kishi jarohatlandi.

15:22 15 Noyabr 2024
Kim Chen In jangovar dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni buyurdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In jangovar dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni buyurdi.

10:55 15 Noyabr 2024
“Human Rights Watch” ham Isroildan “yuz ugirdi”. Tashkilot yahudiy davlatini urush va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda

“Human Rights Watch” hisobotida Isroilning Gʻazodagi falastinliklarni majburiy koʻchirishlari urush va insoniyatga qarshi jinoyatlarni tashkil etganlikda ayblagan.

10:37 15 Noyabr 2024
Qrimdagi muhim transport yoʻnalishi boʻlgan koʻprik sirli tarzda qulab tushdi

Qrimdagi Djankoy - Maslovo yoʻnalishidagi koʻprik 13-noyabr kuni kutilmaganda qulab tushdi.

09:51 15 Noyabr 2024
Isroilning Gʻazoda falastinliklarni ommaviy va qasddan majburan koʻchirishi urush jinoyati hisoblanadi — “Human Rights Watch”

Xalqaro inson huquqlari tashkiloti sunʼiy yoʻldosh tasvirlari, Isroilning majburiy evakuatsiya boʻyicha buyruqlari va yuqori martabali Isroil rasmiylarining bayonotlarini tahlil qilib, Isroil hukumati Gʻazo aholisining oʻz hududlariga qaytishini ataylab doimiy ravishda imkonsiz qilib qoʻyayotganini koʻrsatdi.

15:07 14 Noyabr 2024
Oq uyga koʻchishga tayyorlanayotgan Tramp Bayden bilan koʻrishdi

Oq uy matbuot kotibining jurnalistlarga aytishicha, siyosatchilar milliy xavfsizlik va mamlakat hamda dunyo oldida turgan muhim ichki siyosat masalalarini muhokama qilgan.

14:51 14 Noyabr 2024
AQSH Adliya vazirligi Trampning navbatdagi gʻoyasini “aqldan ozish” deb atadi

​​​​​​​AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning Adliya vazirligi rahbari va Bosh prokuror lavozimiga kongressmen Mett Gets nomzodini koʻrsatish taklifi mazkur departament xodimlarini hayratda qoldirgan.

12:20 14 Noyabr 2024
Ikki oy ichida birinchi marotaba Rossiya dronlari Kiyevga hujum uyushtirishga muvaffaq boʻldi. Ukraina qanday himoyalandi?

Rossiya ikki oydan koʻproq vaqt ichida birinchi marotaba Kiyevga raketa va dron hujumini amalga oshirdi.

11:39 14 Noyabr 2024
Tramp Oq uyda antixitoychilarni yigʻmoqda. Bu nimani anglatadi?

Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan prezidenti Donald Tramp oʻzining yangi maʼmuriyatini Xitoyga nisbatan oʻzining shafqatsiz qarashlari bilan tanilgan shaxslar bilan toʻldirmoqda va bu bilan Pekinga milliy xavfsizlikdan tortib savdogacha boʻlgan sohalarda qatʼiy chiziq borligini koʻrsatishga harakat qilyapti.

17:40 13 Noyabr 2024

Yangiliklar taqvimi

Кластер