Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishdi

Toshkentda 2021-yil 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz lavozimiga kirishishiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

16:01 06 Noyabr 2021
Shavkat Mirziyoyev: “2026-yilgacha kambagʻallikni 2 barobarga qisqartirish koʻzda tutilmoqda”

Taʼkidlanganidek, byudjet va tashqi qarz barqarorligini taʼminlash, mahalliy byudjetlarning imkoniyatlarini kengaytirishga birinchi darajali eʼtibor qaratiladi.

12:44 06 Noyabr 2021
Inflyatsiya darajasini belgilangan 5 foizgacha pasaytirish choralari koʻriladi

Taʼkidlanganidek, milliy iqtisodiyotni, uning oʻsish surʼatlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish ustuvor vazifalardan biridir.

12:35 06 Noyabr 2021
“Korrupsiya balosiga qarshi faqat davlat-huquqiy choralar bilangina kurashib boʻlmaydi” — Prezident

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Oʻzbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bagʻishlangan qoʻshma majlisi davom etmoqda. Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida nutq soʻzlamoqda.

12:26 06 Noyabr 2021
Prezident: “Biz mamlakatimiz rivojini, aholi farovonligini taʼminlashda hal qiluvchi oʻrin egallaydigan tadbirkor va mulkdorlar huquqlarini har tomonlama himoya qilamiz”

Davlatimiz rahbari oʻz nutqida adolat va qonun ustuvorligi — xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini taʼminlashning eng asosiy va zaruriy sharti ekanini qayd etdi.

12:02 06 Noyabr 2021
“Jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida boʻladi” — Shavkat Mirziyoyev

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda demokratik yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish uchun soʻz va matbuot erkinligini, fuqarolarning axborot olish va uni tarqatish, oʻz fikr va qarashlarini erkin bildirish huquqini taʼminlash borasida muhim chora-tadbirlar hayotga joriy etilayotganini taʼkidlab oʻtdi. 

11:46 06 Noyabr 2021
Prezident: “Xalqimiz bilan birgalikda tanlagan va amalga oshirayotgan rivojlanish yoʻlimiz naqadar toʻgʻriligini, saylov natijalari yana bir bor tasdiqladi”

Davlatimiz rahbari 24-oktabr kuni boʻlib oʻtgan saylovda koʻpmillatli xalqimiz faol ishtirok etib, oʻzining erkin xohish-irodasini, yuksak huquqiy ongi va siyosiy madaniyatini yaqqol namoyon etganini qayd etdi.

11:36 06 Noyabr 2021
Shavkat Mirziyoyev navbatdagi prezidentlik muddatiga rasman kirishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Oʻzbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bagʻishlangan qoʻshma majlisi boshlandi.

11:14 06 Noyabr 2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qoʻshma majlisining ochilishi toʻgʻrisida

Ertaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Oʻzbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bagʻishlangan qoʻshma majlisi boʻlib oʻtadi.

18:59 05 Noyabr 2021
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

16:54 05 Noyabr 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер