Siyosat
Davlatimiz rahbari ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonida kelib tushgan muammolarning yechimlari va bugungi takliflar boʻyicha qisqa muddatda qarorlar qabul qilinishini taʼkidladi.
13:04 18 Mart 2022Jahon tibbiyotida kasalliklar profilaktikasi eng ustuvor yoʻnalish hisoblanadi.
12:56 18 Mart 2022Ijobiy koʻrsatkichlarga erishgan tibbiyot xodimlari har chorakda mukofotlanadi, yil yakunida esa, har bir viloyatda eng yaxshi natija koʻrsatgan poliklinikaga mukofot va sovgʻalar beriladi.
12:50 18 Mart 2022Aytish joizki, bizda hamshira deganda, koʻz oldimizga faqat «ukol” qilishni biladigan tibbiyot xodimlari keladi.
12:48 18 Mart 2022Beshinchi yoʻnalish – sogʻliqni saqlash muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlash.
12:44 18 Mart 2022Endi, tibbiyot xodimlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashgan, ularning ishiga toʻsqinlik qilgan hamda tajovuz koʻrsatgan kimsalarga nisbatan qonunchilikda alohida maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi.
12:42 18 Mart 2022Toʻrtinchi yoʻnalishdagi chora-tadbirlar bevosita tibbiyot xodimlarini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq.
12:38 18 Mart 2022Shuningdek, tuman markazidan 50-80 kilometr uzoqlikda joylashgan 24 ta aholi punktida alohida tibbiy yordam brigadalari tashkil etiladi.
12:33 18 Mart 2022Davlatimiz rahbari xalq tabobatining sinalgan usullarini zamonaviy tibbiyotga integratsiya qilish orqali davolash tizimi natijadorligini yanada oshirish mumkinligini koʻrsatib oʻtdi.
12:31 18 Mart 2022Takror aytaman – biz uchun tibbiyot maskanining mulk shakli muhim emas. Eng asosiy maqsadimiz – odamlarimizning sogʻligʻini asrash, ularning dardiga darmon boʻlishdan iborat
12:28 18 Mart 2022