Siyosat

Prezident huquq-tartibot tizimida ham yangi tarixni boshlab beradigan qarorlar qabul qilish vaqti kelganini aytdi

Taʻkidlanishicha, hozirda ichki ishlar tizimidagi patrul-post, yoʻl-patrul, profilaktika, tezkor-qidiruv va qoʻriqlash xizmatlari alohida-alohida ishlamoqda.

16:43 27 Yanvar 2026
Ayrim profilaktika inspektorlariga 5 mln soʻmgacha ustama beriladi

Shu yil 1-fevraldan yuridik oliygohni bitirib, ichki ishlar tizimiga ishga kirganlarga oliygohda oʻqigan davri ham stajga qoʻshiladi.

16:33 27 Yanvar 2026
Poytaxt tumanlarida “Qaytaruv guruhlari” faoliyati tashkil qilinadi

Ushbu guruhlarga Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti, Oʻzbekiston Milliy universitetining yetuk mutaxassislari jalb qilinadi. Guruh aʼzolari moddiy ragʻbatlantiriladi.

15:49 27 Yanvar 2026
Prezident sportchilarning aksariyati bezoriga aylanib ketayotgani haqida gapirdi

Mutasaddilarga bu yoʻnalishda nazoratni taʼminlash vazifasi qoʻyildi. Jangovar sport turlari bilan shugʻullanayotgan yoshlarni kasbga oʻqitib, salohiyatiga mos ish bilan band qilish tizimini yaratish topshirildi.

15:36 27 Yanvar 2026
Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi rahbari ogohlantirildi

Unga koʻra agentlik rahbari Ravshan Mamatov faoliyatida oʻzgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi koʻrib chiqiladi.

15:22 27 Yanvar 2026
Ayrim rahbarlarga giyohvandlikka qarshi kurashish boʻyicha oʻrinbosar tayinlanadi

Hokim, oliygoh rektori, texnikum va maktab direktorining oʻrinbosarlaridan biri bu yoʻnalishga masʼul etib belgilanadi.

15:13 27 Yanvar 2026
Profilaktika inspektorlarining formasi oʻzgaradi

Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda profilaktika inspektori uchun zamonaviy, xalqqa yoqadigan koʻrinishda formani tayyorlash topshirildi.

15:05 27 Yanvar 2026
Toshkentda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha “poytaxt namunasi” joriy etiladi

Masalaning muhimligini inobatga olib, har bir vazir bittadan tumanga, Prezident Administratsiyasi vakili ham bitta tumanga biriktiriladi.

14:55 27 Yanvar 2026
Bizga yuqori kasbiy kompetensiyalarga ega, talabchan yosh rahbarlar korpusi kerak — Prezident

Yigʻilishda rahbarlikka yosh kadrlarni qoʻyish, pensiya yoshidagilarning tajribasidan murabbiy va oʻqituvchi sifatida foydalanish yoki mahallada yoshlarga ustozlik qiladigan tizim yaratish muhimligi qayd etildi.

14:46 27 Yanvar 2026
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari Akmalxon Ortiqov ishdan olindi

Prezident hozirda “Oʻzbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida katta taftish ketayotgani, milliard-milliard soʻmlik talon-torojliklar aniqlanganini maʼlum qildi.

14:26 27 Yanvar 2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер