Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: "Odamlarimiz katta maqsadlarga intilishdan, tashabbus ko‘rsatishdan, yangilik yaratishdan qo‘rqmayapti"

"Biz sizlar bilan, butun xalqimiz bilan birgalikda tarixan qisqa davrda, boshimizga tushgan qiyinchilik va mashaqqatlar, pandemiya va global inqiroz oqibatlariga qaramasdan, ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik.

14:32 14 Iyul 2023
Prezident hozirgi tahlikali zamonda yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlashning kafolati bo‘lgan Qurolli Kuchlarimiz qudratini yanada oshirish ustuvor vazifamiz ekanini qayd etdi

Shu maqsadda milliy armiyamiz qudratini, askar va ofiserlarimizning jangovar shayligi, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini kuchaytirishga e’tibor yanada oshiriladi.

14:28 14 Iyul 2023
Prezident mamlakatimizda bugun mavjud bo‘lgan sanoat salohiyati dunyodagi ko‘pgina davlatlarda yo‘qligini ta’kidladi.

"Biz mana shunday noyob salohiyatimizni yanada rivojlantirish, yurtimizni qudratli industriya makoniga, yuqori texnologiyalar, innovasiyalar, jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqaradigan zamonaviy mamlakatga aylantirish bo‘yicha katta-katta dasturlar qabul qilganmiz va ularni albatta amalga oshiramiz.

14:23 14 Iyul 2023
"Ekologiya va atrof-muhitni asrash, suv taqchilligining  oldini olish bundan buyon ham biz uchun dolzarb vazifa bo‘lib qoladi" — Shavkat Mirziyoyev

"Biz, hech shubhasiz, ekologik muvozanat, musaffo havo, toza suv, bezavol tabiat tarafdorimiz. Bu masala biz uchun boshqalarga qaraganda nihoyatda dolzarb va muhimdir. Nega deganda, biz dunyodagi eng katta ekologik ofat – Orol fojiasini bevosita o‘z boshidan kechirayotgan xalqmiz.

14:20 14 Iyul 2023
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston yoshlariga murojaat qildi

"Aziz o‘g‘il-qizlarim, bugun tarixning o‘zi, zamonning o‘zi sizlarning oldingizda beqiyos imkoniyatlar ochmoqda.

14:17 14 Iyul 2023
Prezident iqtisodiyot sohasida ham tub burilishlar amalga oshirilishini taʼkidladi

“Yashil iqtisodiyot”, “yashil energiya” tamoyillari yanada keng joriy etiladi. Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi bir necha barobar oshiriladi.

14:00 14 Iyul 2023
"Konstruktiv muxolifat faoliyatini, so‘z va matbuot erkinligi, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarini kafolatlaymiz" — Shavkat Mirziyoyev.

"Hech shubhasiz, biz bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot bilan birga ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanamiz.

13:54 14 Iyul 2023
Shavkat Mirziyoyev: "O‘zbekistonni har bir fuqaro tinch va erkin, baxtli va farovon yashaydigan ijtimoiy davlatga aylantiramiz"

"Konstitusiyamizda muhrlab qo‘yilganidek, jonajon O‘zbekistonimizni, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaromiz tinch va erkin, baxtli va farovon yashaydigan ijtimoiy davlatga aylantiramiz.

13:50 14 Iyul 2023
"Kimki “Saylov o‘tdi – safarbarlik tugadi”, deb o‘ylasa, xato qiladi. Haqiqiy safarbarlik endi boshlanadi" — Shavkat Mirziyoyev

"Biz saylovning ertasi kuniyoq belgilab olingan ulkan maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy harakatlarni boshladik. Chunki vaqt, hayot bizni kutib turmaydi. Davrning o‘zi barchamizni tezkor bo‘lishga, kerak bo‘lsa, vaqtdan o‘zib ishlashga undamoqda.

13:47 14 Iyul 2023
Shavkat Mirziyoyev: "Endi barcha soha va tarmoqlarda tizim o‘zgaradi, vaziyat o‘zgaradi"

"Islohotlarimizning ta’sirchanligi va bardavomligini ta’minlash uchun yo‘limizda uchrashi mumkin bo‘lgan barcha xavf-xatar, to‘siq va g‘ovlarni hisobga olishimiz va ulardan talafotsiz o‘tish choralarini ko‘rishimiz zarur.

13:44 14 Iyul 2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер