Siyosat

SHHT Missiyasi saylovlarni shaffof va amaldagi qonunlarga muvofiq oʻtgan deb tan oldi

Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida SHHT Missiyasi press-konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovlaridagi kuzatuv natijalariga bagʻishlandi.

12:00 23 Dekabr 2019
Yashnoboddagi saylovlarda qonunbuzilish holati boʻyicha surishtiruv olib borilmoqda

Xushnudbek Xudoyberdiyevning telegram kanalida Yashnobod tuman hokimligi saylov komissiyasining tegishli saylov okruglari masʼullari bilan telegramda tuzilgan guruhidagi yozuvlar eʼlon qilindi.

09:54 23 Dekabr 2019
Kayetana de Zulueta Outram: “Oʻzbekistonda juda koʻp narsalar oʻzgargan”

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining (YXHT DIIHB) Saylovlarni kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari Kayetana de Zulueta Outram bugun 22-dekabr kuni Toshkent shahridagi 882-saylov uchastkasiga tashrif buyurgan paytda ana shunday fikr bildirdi.

22:14 22 Dekabr 2019
Vashingtonda boshlangan ovoz berish jarayonlari davom etmoqda

Bugun 22-dekabr kuni ertalab soat 8:00(Toshkent vaqti bilan 18:00)da mamlakatimizning Vashingtondagi Elchixonasi qoshida tashkil etilgan 12-saylov uchastkasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovi uchun ovoz berish jarayonlari boshlandi. Bu haqda yurtimizning AQSHdagi diplomatik missiyasi maʼlum qildi.

20:50 22 Dekabr 2019
Fargʻonada soat 17-00 ga qadar saylovchilarning 67,6 foizi ovoz berdi

Xalqaro matbuot markazi Fargʻona viloyati boʻlimida OAV vakillari uchun brifing boʻlib oʻtmoqda. Brifingda berilgan maʼlumotlarga asosan, soat 17-00 ga qadar saylovchilarning 1 million 467 ming 720 nafari yoki 67,6 foizi ovoz berdi.

17:59 22 Dekabr 2019
Anklav hudud — Soʻx tumanida ham saylovchilar faol

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 116-Navbahor saylov okrugi va xalq deputatlari Soʻx tuman Kengashiga 27 ta, viloyat kengashiga 2 okrug tashkil etilgan. Jami 30 ta saylov uchastkasida 45 mingdan ziyod saylovchilar bugungi saylovda ishtirok etishmoqda.

17:05 22 Dekabr 2019
Qashqadaryoda saylovchilar uchun maxsus avtobuslar tashkil etildi

Qamashi tumanidagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov oʻtkazuvchi 135-Gʻuzor saylov okrugiga qarashli 788-saylov uchastkasida 2 ming 418 nafar saylovchi roʻyxatga olingan.

17:03 22 Dekabr 2019
Italiyalik kuzatuvchi: Oʻzbekistonda saylov jarayonlari demokratik tamoyillar asosida oʻtmoqda

Италия давлатидан ташриф буюрган хорижий кузатувчи Виккорио Жоржи Гулистон шаҳридаги сайлов участкаларидаги овоз бериш жараёнлари билан яқиндан танишди.

16:52 22 Dekabr 2019
Andijon shahrida yashovchi 98 yoshli Inobatxon ona oʻz uyida ovoz berdi

— Yangi saylanadigan deputatlar yurtimiz farovonligi va obodligi uchun xizmat qilishini xohlayman, — deydi Inobatxon ona Xudoyberdiyeva.

16:16 22 Dekabr 2019
Sirdaryodagi tergov hibsxonasi: Birinchi marta mahkum va mahbuslar ham ovoz berdilar

Yangi qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov Kodeksiga koʻra qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkinligi, ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan,uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etib, ehtiyot chorasi qoʻllanilgan hamda sud tomonidan hukmi qonuniy kuchga kirgan mahkum va...

15:55 22 Dekabr 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер