Siyosat

Yoshlarning kuch-qudrati dunyo hamjamiyatining taraqqiy etishi uchun muhim omildir

1999-yilning 17-dekabrida BMT Bosh Assambleyasi oʻzining 54/120 raqamli qarori bilan Xalqaro yoshlar masalasi bilan shugʻullanuvchi vazirlar konferensiyasida (Lissabon, 1998-yil 8-12-avgust) taklif etilgan tavsiyasiga koʻra, 12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni, deb eʼlon qilindi.

14:59 12 Avgust 2020
Xalqaro veb-forumda ellikdan ortiq dolzarb maʼruzalar rejalashtirilgan

“Yoshlar-2020: global hamjihatlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” mavzusidagi Samarqand veb-forumining 2 kunlik dasturida 50 dan ortiq maʼruza rejalashtirilgan boʻlib, 15 mamlakatdan 40 xalqaro maʼruzachi va 10 nafar milliy maʼruzachi soʻzga chiqishi kutilmoqda.

14:15 12 Avgust 2020
Inson huquqlari boʻyicha Samarqand onlayn forumi boʻlib oʻtmoqda

Xabaringiz bor, bugun “Yoshlar – 2020: global birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” mavzusida inson huquqlari boʻyicha Samarqand onlayn forumi oʻz ishini boshladi.

14:11 12 Avgust 2020
Bosh vazir Soʻx tumaniga bordi

Ayni paytda Soʻx tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov ishtirokida faollar yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

13:21 12 Avgust 2020
Raqamlashtirish — korrupsion holatlarning oldini oladi

Koronavirus pandemiyasi davri aholining ehtiyojmand qismini qisqa muddatlarda aniqlash va ularni davlat tomonidan manzilli qoʻllab-quvvatlashning shaffof va samarali mexanizmlari boʻlishini taqozo etmoqda. Bunda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlariga davlat...

12:14 12 Avgust 2020
Kusherbayev “UzAutoMotors”ning “ishchanlik obroʻsi”ga putur yetkazganmish (yoʻq obroʻga qanday putur yetkazish mumkin hayronman) — deputat

“UzAutoMotors” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasiga deputat Rasul Kusherbayev ustidan shikoyat xati yuboribdi. Shikoyatda iddao etilishicha, Kusherbayev kompaniya va uning faoliyati haqida asossiz fikrlar bildirish orqali “UzAutoMotors”ning “ishchanlik obroʻsi”ga putur yetkazganmish (yoʻq obroʻga qanday putur yetkazish...

08:52 11 Avgust 2020
Atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini saqlash masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va xavfsizligini oshirish, ekologik osoyishtalikni taʼminlash, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish masalalari boʻyicha 10-avgust kuni yigʻilish oʻtkazdi.

20:07 10 Avgust 2020
Soʻxning istiqbolini belgilovchi muhim dasturilamal

Hayotbaxsh qaror mazmun-mohiyatini chin qalbdan anglab yetayotgan har bir soʻxlik mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati nechogʻli kuch-qudratga ega ekanligini his etmoqda. Boisi qisqa fursatda bunday olamshumul reja-maqsadlarni roʻyobga chiqarish uchun shunchaki yaxshi niyatning oʻzi yetarli emas. Bunga qancha kuch-chidam, mablagʻ zarur.

19:13 10 Avgust 2020
“Transport toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining yangiligi nimada? — muhokama natijalari

Deputatlar taʼkidlaganidek, bugungi kunda transport faoliyatini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi, “Temiryoʻl transporti toʻgʻrisida”gi qonunlari, Havo kodeksi va boshqa koʻplab qonun hujjatlari mavjud. Lekin barcha turdagi transportlarning optimal, muvozanatlashgan va uygʻunlashgan oʻzaro aloqasini taʼminlaydigan samarali logistika tizimi, aralash...

18:10 10 Avgust 2020
Xususiy klinika litsenziyasini bekor qilish – muammoga yechimmi?

Kuni kecha eʼlon qilingan Sogʻliqni saqlash vazirining «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash mezonlarini tartibga solish va retro-prospektiv tahlil oʻtkazish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi bilan xususiy tibbiyot tashkilotlarining koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan bogʻliq faoliyati boʻyicha qatʼiy choralar koʻrish, shu jumladan, ularning...

18:06 10 Avgust 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер