Siyosat

Prezident maslahatchisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 3-fevraldagi Farmoni bilan Shuxrat Xaldarovich Atabayev prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

21:48 03 Fevral 2021
Oʻzbekiston va AQSH harbiy shifokorlari COVID-19ga qarshi kurashish boʻyicha tajriba almashdi

Missisipi shtati Milliy gvardiyasi vakillari va Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining Tibbiyot direksiyasi, Markaziy harbiy klinik gospitali rahbariyati oʻrtasida onlayn-konferensiya boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasi.

20:32 03 Fevral 2021
«Mozori-Sharif — Qobul — Peshavor» temir yoʻlining qurilishi qanday ahamiyatga ega?

Maʼlumki, 2-fevralda Toshkent shahrida Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri X.Atmar, Pokiston bosh vazirining savdo, sanoat va investitsiyalar boʻyicha maslahatchisi A.R.Dovud ishtirokida «Mozori-Sharif — Qobul — Peshavor» temir yoʻlining qurilishi boʻyicha tashkil etilgan birinchi uchtomonlama yigʻilish boʻlib oʻtdi. Mazkur loyihaning ahamiyati haqida...

20:08 03 Fevral 2021
Oʻzbekiston va Latviya parlamentlari hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Bugun xalqaro aloqalarni mustahkamlash, konstruktiv tashqi siyosat olib borishda parlament diplomatiyasi ham muhim oʻrin tutmoqda. Bunda xorij mamlakatlari parlamentlari bilan doʻstlik guruhlari imkoniyatlaridan keng foydalanishga eʼtibor qaratilmoqda.

18:10 03 Fevral 2021
Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi Hindiston Yoshlar masalalari va sport ishlari vazirligi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi

Joriy yilning 2-fevral kuni Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov mazkur mamlakat Yoshlar masalalari va sport ishlari davlat vaziri Kiren Rijiju bilan uchrashdi.

11:54 03 Fevral 2021
“Adolatli senator”, “Xalqparvar senator”, “Mehnatkash senator” va “Faxriy senator”lar kimligi maʼlum boʻldi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2021-yil 1-fevraldagi qarori bilan, bir guruh senatorlarga maxsus maqomlar berildi

10:13 03 Fevral 2021
Shuhrat Abdurahmonov qisqa muddatli taʼtilga chiqdi

Davlat rahbari tomonidan barcha hududiy hokimliklar va sektor rahbarlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va davolash yuzasidan bergan topshirigʻiga asosan joriy yilning 30-yanvar kunidan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov qisqa muddatli davolanish taʼtiliga chiqdi.

21:51 02 Fevral 2021
Oʻzbekiston Prezidenti Pokiston delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razzoq Dovudni qabul qildi.

19:57 02 Fevral 2021
Shavkat Mirziyoyev Afgʻoniston delegatsiyasini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni Afgʻoniston Islom Respublikasining delegatsiyasi – mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar va Prezident Administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.

18:54 02 Fevral 2021
Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Prezident maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Dilshod Kenjayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi

16:46 02 Fevral 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер