Siyosat

Saylovchilarning Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

Saylov kodeksiga, shuningdek, Prezidentning “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-oktyabrdagi PQ-3961-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

19:19 17 May 2021
Indoneziya parlamenti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

2021-yil 17-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Indoneziya Respublikasi parlamenti Vakillar palatasi spikerining sanoat va taraqqiyot masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rahmat Gobel bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

17:17 17 May 2021
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

15:32 17 May 2021
Prezident Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi

Xususan, ushbu haftada texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimini takomillashtirish yuzasidan taqdimot, shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor hamda koʻp kvartirali uy-joylarga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha yigʻilish rejalashtirilgan.

13:23 17 May 2021
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston sanʼat arbobi Bahodir Yoʻldoshev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Mamlakatimiz sanʼati va madaniyati ogʻir judolikka uchradi. Milliy teatr sanʼatimiz va madaniyatimiz rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk va betakror isteʼdod sohibi, atoqli rejissyor, ustoz sanʼatkor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, Xalq artisti Bahodir Tursunovich Yoʻldoshev shu yil 16-may kuni 76 yoshida...

09:36 17 May 2021
Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik tamoyillaridan ogʻishmasdan barcha dinlar bir-birini inkor qilmagan holda rivojlanmoqda — Al-Hoj Muhsin Donesh

Afgʻoniston Oliy milliy yarashuv kengashi raisi maslahatchisi va Milliy birdamlik partiyasining shimoliy hududlar boʻyicha rahbari Al-Hoj Muhsin Donesh “Dunyo” AA uchun bergan intervyusida Oʻzbekiston ijtimoiy hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qadriyatlar va ulugʻ ajdodlar merosini...

12:56 16 May 2021
Dominika Oʻzbekiston diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 137-mamlakat boʻldi

Kecha Nyu-Yorkda Oʻzbekiston va Dominika Hamdoʻstligi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonot imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

22:52 15 May 2021
Shavkat Mirziyoyev: Oʻzgarishlarning eng katta zamini — yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Tepaqoʻrgʻon mahallasi hayoti bilan tanishdi.

22:47 14 May 2021
Nur-Sultonda Oʻzbekiston — Qozogʻiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

Bugun Qozogʻiston poytaxtida Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumat delegatsiyalari ishtirokida Oʻzbekiston — Qozogʻiston qoʻshma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻz ishini yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

19:27 14 May 2021
"Eng katta niyatimiz — tezroq davo topib, uyga, oilangiz bagʻriga qaytishingiz" — Prezident bemor bolalar holidan xabar oldi

Ayni kunlarda xalqimiz Ramazon hayitini tinchlik-xotirjamlikda, shukronalik bilan bayram qilmoqda. Oʻzaro mehr-oqibat yana-da oshib, ehtiyojmand oilalarga muruvvat koʻrsatish, bemorlar holidan xabar olishdek savob ishlar koʻpaymoqda.

16:46 14 May 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер