All

Donald Tramp va Kim Chen In qaysi mehmonxonada muzokaralar o‘tkazishi mumkinligi aytildi

Joriy yil 12 yiyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan Singapurdagi “Shangri-La” mehmonxonasida 10-15 iyun kunlari uchun xonalarni bron qilish to‘xtatildi. Bu haqida “TASS” axborot agentligi xabar berdi.

18:18 24 May 2018
Jarqo‘rg‘onda 81 yoshli o‘qituvchi “Mahorat darsi” o‘tmoqda

Jarqo‘rg‘onlik 81 yoshli faxriy o‘qituvchi Xudoyberdi Mamadaliyev o‘qituvchilarga o‘z hayotiy tajribasi asosida kimyo fanidan dars va laboratoriya mashg‘ulotlarini qanday o‘tish kerakligi bo‘yicha “Mahorat darsi” o‘tmoqda.

18:13 24 May 2018
Kansler Yevropa kompaniyalari Eronni tark etishini bildirdi

Xitoyning Tyananmen markaziy maydoni Xalq majlislari uyida Germaniya kansleri Angela Merkel ushbu davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan tomonidan tantanali kutib olindi. Bu haqida “TASS” axborot manbasi xabar berdi.

18:10 24 May 2018
Tojikiston bir oyda O‘zbekistonga 106,9 mln kVt/soat elektr energiyasini sotdi

Tojikiston aprel oyida qariyb 128 million kilovatt-soat elektr energiyasi eksport qilgan bo‘lsa, shundan qariyb 84 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu haqida News.tj xabar bermoqda.

18:03 24 May 2018
Amudaryo qamishidan eksportbop qurilish materiali ishlab chiqarilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi “Surxon KSP Grant” mas’uliyati cheklangan jamiyatida DSP mahsulotlarini ishlab chiqarishda xomashyo sifatida Amudaryo bo‘yida tabiiy holda o‘suvchi qamish o‘simligidan foydalanilib kelinmoqda.

17:30 24 May 2018
Qoraqalpog‘istonlik tadbirkor sahroda tarvuz yetishtirishni boshladi

Nukuslik tadbirkor Rashid Qartbayev sahro qo‘yniga tarvuz ekishni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.

17:03 24 May 2018
TIVda O‘zbekistonning «Amnesty International»dan yashiradigan masalasi yo‘qligi aytildi

Bugun, 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizga tashrif buyurgan «Amnesty International» xalqaro nohukumat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Mari Struters boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatdi.

16:56 24 May 2018
Viber messenjeri asoschilari O‘zbekiston IT-bozoriga sarmoya kiritmoqchi

AQSh, Isroil va Belarusdan IT-sohadagi yetakchi ekspertlar delegatsiyasi Mirzo Ulugbek Innovation Center (MUIC) taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda markaz axborot xizmati xabar tarqatdi.

16:54 24 May 2018
Toshkentda turkiyalik investorlar ishtirokida 6ta zamonaviy mehmonxona barpo etiladi

Joriy yilning 29 aprel kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida o‘tkazilgan biznes-forumda Toshkent shahar hokimligi turkiyalik ishbilarmonlar bilan umumiy qiymati 455,2 mln dollarga teng bo‘lgan 14 loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

16:52 24 May 2018
Orolbo‘yi mintaqasidagi qurilish ishlari uchun jami 234,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi «2017-2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2731-sonli Qaroriga asosan 2017-2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi. Moliya vazirligi dastur asosida Orolbo‘yini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan manzilli dasturlar ijrosi to‘g‘risida...

16:00 24 May 2018
Aktyor Matyoqub Matchonov yangi uyushma raisi etib tayinlandi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, "Do‘stlik" ordeni sohibi Matyoqub Matchonov O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasiga rais etib tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekkino”ning feysbukdagi sahifasida xabar berilgan.

15:42 24 May 2018
O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan maktab formasi joriy qilinadi

Yangi 2018/2019 yilgi o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi maktab o‘quvchilari yagona standartda va bir necha namunada ishlab chiqilgan maktab formalariga o‘tadi. Bu haqda Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida qatnashgan "Xalq so‘zi" muxbiri Dilshod Karimov xabar bermoqda.

15:38 24 May 2018
Iyundan Nordwind Airlines O‘zbekistonga parvozlarni boshlaydi

Nordwind Airlines aviakompaniyasi 1 iyundan «Toshkent-Qozon» reysini ochmoqda. Bu haqda Qozon xalqaro aeroportining rasmiy saytida xabar berilgan.

15:14 24 May 2018
Gaz balloni ichiga ro‘mol yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan huquqbuzar qo‘lga olindi 

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari mamlakatimizga noqonuniy yo‘llar bilan, bojxona nazoratidan yashirincha tovarlarni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxsning qilmishini fosh etishdi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

15:01 24 May 2018
Import qilinadigan avtomobillarga 25 foizlik davlat boji joriy etish imkoniyati o‘rganilmoqda

AQSh import qilinadigan avtomobillar, yuk mashinalari va ehtiyot qismlariga nisbatan davlat boji joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayapti. 

14:47 24 May 2018
Vodiyda 2 kunda salkam 4 kg giyohvandlik moddasi topildi

Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ichki ishlar xodimlarining “Qoradori-2018” tadbiri davomida salkam 4 kg miqdorida giyohvandlik moddalari yetishtirayotgan fuqarolar qo‘lga olingan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

14:35 24 May 2018
AQSH o‘z harbiylarini Belgiyadan Sharqiy Yevropaga ko‘chirmoqchi

AQSH Belgiyadagi harbiy kuchlarini “Atlantic Resolve” operatsiyasi doirasida  Sharqiy Yevropaga olib o‘tishni boshlayapti. 

14:27 24 May 2018
Bosh prokuratura huzurida yangi departament tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

14:13 24 May 2018
Tojikiston yana bir oltin qazib oluvchi korxonani ishga tushiradi

Tojikistonning So‘g‘d viloyati Ayniy tumanida Xitoy bilan qimmatbaho metallar qazib olish bo‘yicha yana bir qo‘shma korxonani qurish ishlari boshlanmoqda. 

14:11 24 May 2018
O‘zbekistonlik bodibilding va fitnes ustalari Yevropada o‘zini ko‘rsatdi

Litvada bo‘lib o‘tgan bodibilding va fitnes bo‘yicha Yevropa ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari to‘rtta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda mamlakatimiz bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasi xabar berdi.

14:05 24 May 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер