All

Uysizlarning pasport bilan bog‘liq muammolari hal etildi

Toshkent shahar IIBB muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida biometrik pasport topshirish marosimi o‘tkazildi.

16:00 12 Iyul 2018
IIB xodimlari dronlardan foydalanishni boshladi

O‘zbekiston huquq tartibot organlari xodimlari dronlardan foydalanishni boshladi. Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari birinchi bo‘lib uchuvchisiz uchish qurilmalarni qo‘llashni yo‘lga qo‘yishdi.

15:37 12 Iyul 2018
Toshkentdagi yangi savdo markazlaridan birida yong‘in chiqdi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 15-dahasida joylashgan Crystal savdo markazida yong‘in kelib chiqdi.

15:21 12 Iyul 2018
Jahon banki delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

2018 yilning 12 iyul kuni Toshkent shahriga Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller boshchiligidagi delegatsiya keldi.

15:04 12 Iyul 2018
Farg‘onada deputat va uning tanishi pora bilan qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani xalq deputatlari kengashi deputati, Qo‘qon davlat pedagogika instituti uslubchisi Muhayyo Qodirova, tanishi Mashhura Abdurahimova bilan o‘zaro til biriktirib o‘qishga kiritish mavsumidan...

14:37 12 Iyul 2018
Uchar tramvaylar yaratiladi

Fransiyaning Akka Technologies va AQSHning Boeing Co. kompaniyalari o‘zaro hamkorlikda uchar tramvay yaratmoqchi.

14:14 12 Iyul 2018
Mudofaa vazirligiga qarashli avtotransport vositalarining raqamlari o‘zgaradi

Yangi avtomobil raqamining avvalgisidan farqi — u endilikda oq fonda va to‘rtta raqam ketma-ketligidan iborat bo‘ladi.

13:49 12 Iyul 2018
O‘zbekistonlik yosh gandbolchilar jahon kubogi g‘olibiga aylandi

Italiyaning Teramo shahrida Xalqaro gandbol federatsiyasi taqvimiga kiruvchi 46-xalqaro “Interamnia” jahon kubogi musobaqasi yakunlandi.

13:08 12 Iyul 2018
O‘zbekistonliklar MDH davlatlari valyutalarida hisob raqamlari ochish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston banklarida yaqin vaqt ichida MDH mamlakatlari milliy valyutalarida hisob raqamlari ochish mumkin bo‘ladi.

12:43 12 Iyul 2018
O‘zbekistonda ko‘plab xorijiy aviakompaniyalar xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yiladi

Nukus aeroportida yangi terminali foydalanishga topshirilgani haqida xabar bergandik. Uning ochilish marosimida O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov so‘zga chiqdi.

12:27 12 Iyul 2018
Yangi qiyofadagi Jasorat maydoni foydalanishga topshirildi (foto)

1966 yilning 26 aprelida Toshkent shahrida yuz bergan kuchli zilzilani aks ettiruvchi Jasorat maydoni tubdan ta’mirlandi.

11:59 12 Iyul 2018
Kelajak energiyasi mamlakatning tinch taraqqiyotiga xizmat qiladi

Davlatimiz rahbarining kuni kecha O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi barpo etish borasidagi tashabbusi butun xalqimizning ruhini ko‘tarib yubordi. Atom energiyasi haqida so‘z yuritishdan oldin bir jihatga e’tibor qaratsak. Inson hayotida yashash uchun to‘rtta omil mavjud: suv, energiya, oziq-ovqat va salomatlik.

11:49 12 Iyul 2018
O‘zbekistonda xususiy oliy o‘quv yurtlari paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda nodavlat oliy ta’lim muassasalari ochilishi kutilmoqda. Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida muhokamaga qo‘yilgan “Nodavlat oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasida shu haqda so‘z boradi.

11:27 12 Iyul 2018
Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi o‘ta jiddiy. U meksikalik

Riodagi Olimpiya o‘yinlari finalchisi, jahon chempioni Shahram G‘iyosov 14 iyul (O‘zbekiston vaqti bilan 15 iyul tongida) kuni professional ringdagi uchinchi jangini o‘tkazadi.

11:19 12 Iyul 2018
Inson kapitalini rivojlantirishdagi uzilishlar

Jahon banki prezidenti Jim Yon Kimning Amerika Qo‘shma Shtatlarining nufuzli “Foreign affairs” jurnali saytida chop etilgan tahliliy maqolasi Qanday qilib hukumatni inson kapitaliga sarmoya yo‘naltirishga ishontirish mumkinligi haqida.

11:15 12 Iyul 2018
O‘zbekistonda dunyo tan olgan brend tashkilotlar soni yana bittaga oshadi

Jahondagi eng yirik muzqaymoq-kafelar tarmog‘i Baskin-Robbins tez orada O‘zbekiston bozoriga kirib keladi.

10:29 12 Iyul 2018
Qoraqalpog‘istonda salkam 4,5 mlrd so‘mlik 303 ta loyiha amalga oshiriladi

2018-2019 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

10:10 12 Iyul 2018
JCH-2018. Finalchilar nomi aniq bo‘ldi

Rossiyada davom etayotgan jahon chempionatining yarim final o‘yinlari o‘tkazildi. Ikkinchi yarim finalda Xorvatiya va Angliya terma jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ keldi.

09:42 12 Iyul 2018
Suvning ham tarozisi bor

Keksalarning ariq suvida olma yuvib, tandirdan yangi uzilgan kulchani oqizoq qilib yegan bolalik lahzalarini entikib eslagan hikoyalari bugun yoshlar uchun g‘alati tuyulishi mumkin. Ariq suvidayam olma yuvadimi, non oqizadimi?..

09:31 12 Iyul 2018
Asfalt bilan bitta bo‘lgan o‘riklar

— Mustabid tuzum davrida bog‘-rog‘ yaratish, mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishga juda ko‘p qarshiliklar bo‘lar edi, — degan ekan faxriy jurnalist Ahmadjon Meliboyev. — Bir akademik katta yig‘ilishda “shahardagi hamma yong‘oqlarni kesib tashlash kerak”, deb bong urgandi.

09:22 12 Iyul 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер