All

Oʻzbekiston Prezidenti sentyabrda Tojikistonga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston Prezideti Shavkat Mirziyoyev 27-28 sentyabr kunlari Tojikistonga ishchi tashrif bilan boradi. Prezidentimiz MDH davlat rahbarlarining Dushanbeda boʻlib oʻtadigan navbatdagi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda “Aziya-Plyus” manbasi xabar berdi.

11:42 28 Avgust 2018
The Independent: “Yoʻqolgan dengiz tarixi”

Qurib borayotgan Orol dengizi muammosi, mana, necha yildirki, Markaziy Osiyo va butun dunyo jamoatchiligini xavotirga solib kelmoqda. Ushbu masalani hal qilish yoʻlidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida 1992 yili mintaqa davlatlari tashabbusi bilan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi tashkil etilgan.

11:27 28 Avgust 2018
Nobel mukofoti laureati Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan yaponiyalik mashhur olim, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori shu yilning 28-31 avgust kunlari Yaponiyaning Nagoya universiteti Prezidenti Matsuo Seyiti rahbarligidagi delegatsiya tarkibida mamlakatmizga tashrif buyuradi, deb yozadi Edu.uz.

11:13 28 Avgust 2018
Shu yilning oʻtgan davri davomida prokuratura organlari xodimlariga pora taklif qilgan 30 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan

Jamiyatni tanazzulga olib keladigan illatlardan biri, bu — poraxoʻrlikdir. Soʻnggi yillarda yurtimizda unga qarshi kurashish, oldini olish maqsadida zarur chora-tadbirlar koʻrilyapti. Korrupsiyaning oqibatlari xususida OAVda chiqishlar qilinib, uchrashuvlarda bot-bot soʻz yuritilmoqda. Ammo ayrim “nafsi hakalak otgan” kishilar bu boradagi targʻibot-tashviqot,...

11:12 28 Avgust 2018
“Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 27 avgust kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida ham ushbu yoʻnalishdagi islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashga qaratilgan bir qator muhim qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

11:08 28 Avgust 2018
GM Uzbekistan saytida xaridorlar uchun yangi xizmat ishga tushirildi

GM Uzbekistan kompaniyasi mijozlar ishonchini oshirish va savdo tizimi shaffofligini taʼminlash maqsadida oʻzining rasmiy saytida yangi boʻlim ishga tushirildi. Shu orqali xaridorlar ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan arizalar(elektron navbat) boʻyicha shartnoma qilish uchun avtomobillarni har kuni koʻrib borishi mumkin.

11:02 28 Avgust 2018
Yurtdoshlarimiz Mustaqillik bayramini koʻtarinki kayfiyatda kutib olishga tayyor

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan “Oʻzbekiston: davlat mustaqilligiga 27 yil” mavzuida tadqiqot oʻtkazildi. Unda barcha hududlar qamrab olinib, qishloq va shaharlarda istiqomat qilayotgan turli millat hamda ijtimoiy qatlam vakillari, ishlab chiqarish soha va tarmoqlarida mehnat qilayotgan 18 va...

10:59 28 Avgust 2018
Viloyat bojxona boshqarmasiga ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura axborot xizmati .

10:56 28 Avgust 2018
Juda katta miqdordagi mablagʻlarni oʻzlashtirib yuborgan bank rahbari va xodimlarining jinoyati fosh etildi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi bergan xabarga koʻra, 2018 yilning 16 iyul kuni Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan AT “Xalq banki”...

10:53 28 Avgust 2018
“Manchester Yunayted” “izquvar” Puaro bilan shartnoma imzoladi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi skaut Romen Puaro bilan shartnoma imzoladi, deb yozadi tribuna.uz.

10:45 28 Avgust 2018
Yengil avtotransport oynalarining tusini qaysi korxona qoraytirib beradi?

Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilinishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

10:37 28 Avgust 2018
Diplomatiya universiteti kontraktlari 100 foiz oshirildi

2018/2019 oʻquv yilidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavr va magistratura bosqichlari uchun toʻlov-kontrakt miqdorini ikki barobarga oshiradi. JIDU ilmiy kengashi tegishli qarori qabul qildi, deb yozadi Sof.uz.

10:27 28 Avgust 2018
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Afgʻoniston rahbari bilan uchrashdi

2018 yilning 27 avgust kuni Kobul shahriga amaliy tashrif bilan borgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani tomonidan qabul qilindi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

10:24 28 Avgust 2018
Tuman XTB boshligʻi pora bilan qoʻlga tushdi

Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

10:21 28 Avgust 2018
Har bir mahallada futbol maydonlari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yigʻinlarida sportning futbol turini yanada rivojlantirish hamda fuqarolar yigʻinlari raislarining oʻrinbosarlari – yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

10:08 28 Avgust 2018
Sportchilarimiz medallari sonini 31 taga yetkazdi

Kecha, 27 avgust kuni Indoneziyada boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarining toʻqqizinchi kunida oʻzbekistonlik sportchilar uchta medal qoʻlga kiritishdi.

10:05 28 Avgust 2018
Sirdaryoda uyga muhtoj 20 nafar xotin-qizlarga uy berildi

Bayramona shukuhda oʻtgan tadbirda viloyatda ijtimoiy himoyaga muhtoj 27 nafar ayollar va bolalarga nogironlik aravachalari topshirildi.

18:31 27 Avgust 2018
“Adabiyot oʻqituvchisining asosiy vazifasi yaxshi kitobxonlarni yetishtirishdir”

Kitobxonlik madaniyatini oshirish, ayniqsa, bolalar qalbida kitobga chinakam havas, ishtiyoq uygʻotish uchun kamida ota-onalarning oʻzlari ham yaxshi kitobxon, uyda oʻqilishi lozim boʻlgan kitoblar yetarli boʻlishi lozim.

18:25 27 Avgust 2018
Elning ishonchini oqlagan inson

Inson hayotning qandaydir bir chigali yoki mushkuli bilan qiynalib turganda, kimdandir bir yaxshilik koʻrsa, bu narsa uning yurak-yuragida qoladiki, butun umr esdan chiqmaydi.

18:07 27 Avgust 2018
Ikki yuz mingga yaqin indoneziyalik Oʻzbekiston orqali Umraga borishi kutilmoqda

Makka shahridagi “Abrojul Hidoya” mehmonxonasida Oʻzbekiston “Haj-2018” ishchi guruhi rahbari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari Nuriymon Abulhasan boshchiligida Saudiya Arabistonidagi hamkor “al-Hidoya” va Indoneziyadagi “Burhonul Hidoya” shirkati rahbarlari oʻrtasida muloqot tashkil etildi.

18:04 27 Avgust 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер