All

“Rahbardan 10ta kitob” aksiyasi doirasida 50ta kitob!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga qaratayotgan eʼtibori doirasidagi “Rahbardan 10ta kitob” tashabbusi bugun butun mamlakatimiz boʻylab keng quloch yozdi.

14:05 29 Mart 2019
Deputat yoshlarga Mark Tven asaridan parcha oʻqib berdi

Qonunchilik palatasi deputati Joldasboy Abdijamilov oʻz saylovchilari bilan uchrashuvlari doirasidagi ishini Nukus shahridagi oʻzi oʻqigan 33-sonli maktabdan boshladi.

13:59 29 Mart 2019
Shavkat Mirziyoyev: Abduxoliq Gʻijduvoniy majmuasi maʼrifat markazi boʻlishi kerak

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni Buxoro viloyati Gʻijduvon tumaniga tashrif buyurdi.

13:49 29 Mart 2019
Agrobank rahbariyati navqiron avlod vakillariga kitoblar tuhfa etdi

Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 19 mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targʻib qilish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtilgandi.

13:45 29 Mart 2019
Yomgʻir Samarqand koʻchalaridagi muammolarni koʻrsatib qoʻydi (fotogalereya)

29 mart kuni Samarqandda kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida koʻchalar suvga toʻlib qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda “daryo koʻchalar” nomi ostida suratlar va videolar joylashtirildi.

13:44 29 Mart 2019
Germaniyadagi yirik kompaniya oʻzbekistonlik paralimpiyachilar uchun oʻz mahsulotlarini yetkazib beradi

Imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus sport protezlarini ishlab chiqaruvchi Ottobock(Germaniya) kompaniyasi oʻz mahsulotlarini oʻzbekistonlik paralimpiyachilarga yetkazib beradi.

12:22 29 Mart 2019
Yangi davlat qoʻmitasi va agentlik tashkil etildi

Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni (PF-5696, 28.03.2019 y.) qabul qilindi.

12:07 29 Mart 2019
Xitoyda tahqirlanib, pasporti olib qoʻyilgan oʻzbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

2019 yilning 26 mart kuni Oʻzbekistonning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi mamlakatimiz fuqarosi Maftuna Xolmatovaning ushbu shahar tumanlaridan birida majburan ushlab turilganligi toʻgʻrisida maʼlumot olib mahalliy politsiya hokimiyatiga rasmiy murojaat qildi. Natijada hamyurtimizning joylashgan manzili aniqlandi hamda u bilan konsullik...

12:04 29 Mart 2019
Shahram Gʻiyosov chempionlik kamari uchun jiddiy raqibga qarshi jang qiladi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Shahram Gʻiyosov (7-0, 6 KO)aprel oyida oʻzining sakkizinchi jangini oʻtkazishi haqida xabar bergandik.

11:48 29 Mart 2019
Dehqonobodda baxshichilik festivali oʻtkazildi

Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodida boʻlib oʻtgan festivalda xalq dostonlaridan namunalar, badihagoʻylik yoʻlida termalar, aytishuvlar aytildi.

11:35 29 Mart 2019
Oʻzbekiston kompaniyasi 2018 yilda “MDHda biznes yetakchisi” deb topildi

Yaqinda Moskva shahrida tashkil etilgan “MDH: raqamli iqtisodiyot – integratsiya platformasi” Xalqaro iqtisodiy forumida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati(OKMK) 2018 yil yakunlari boʻyicha “MDHda biznes yetakchisi” deb topildi.

11:26 29 Mart 2019
Universitet talabasi yotoqxonaning 6-qavatidan tushib ketib halok boʻldi

2019 yil 27 mart kuni soat 21:30da Toshkent davlat texnika universiteti “Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetining 2-bosqich, 2-17 guruh talabasi Sh.U. Ziyo mahallasida joylashgan 63-son talabalar turar joyining 609-xonasida ochiq turgan deraza oynasidan 6-qavatdan pastga yiqilib tushgan.

11:23 29 Mart 2019
Kitob — yoshlarimizni ijtimoiy tarmoqlarda behuda vaqtini sarflashini oldini oladi

Taraqqiyotimizning yangi bosqichida Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda kitobxonlik saviyasini oshirish, ayniqsa, yoshlardagi mutolaa madaniyatini yuksaltirishga katta ahamiyat berilmoqda.

11:00 29 Mart 2019
AQSH Mehnat departamentining qarori yangilanayotgan Oʻzbekistonning yana bir gʻalabasidir!

Avval xabar qilganimizdek, AQSH Mehnat departamenti 2019 yil 25 mart kuni Oʻzbekiston paxtasini majburiy yoki bolalar mehnati vositasida yetishtirilgan mahsulotlar “qora roʻyxati”dan chiqardi.

10:27 29 Mart 2019
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga joʻnab ketdi

Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida bugun Buxoro viloyatiga joʻnab ketdi.

09:29 29 Mart 2019
Toshkentda Xalqaro moliya-bank forumi boshlandi

Tadbir Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, MDH Moliya-bank kengashi hamda “SAIPRO” axborot-reyting agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank va boshqa bir qator mahalliy hamda xalqaro moliyaviy muassasalar koʻmagida oʻtkazilmoqda.

00:30 29 Mart 2019
Oʻzbekiston — Latviya siyosiy maslahatlashuvlari

Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi oʻrinbosari, siyosiy direktori Yanis Majeykis boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkentda 28 mart kuni Oʻzbekiston — Latviya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining 14-raundi boʻlib oʻtdi.

00:19 29 Mart 2019
Oʻzbekistonda ilk Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi ish boshladi

Markazda ayollarning biznes yuritish koʻnikmalari shakllantiriladi, ularga maslahatlar beriladi va amaliy yordam koʻrsatiladi. Shuningdek Markaz uzoq muddat bola parvarishlash taʼtilida boʻlgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni kasblar boʻyicha qayta tayyorlashga ham koʻmaklashadi.

00:11 29 Mart 2019
Monitoring natijalari Oʻzbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ijobiy natija koʻrsatayotganini namoyon qildi

2019 yil 19 — 22 mart kunlari Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij shahrida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmogʻining Istanbul harakatlar rejasining 20-monitoring uchrashuvida hamda IHRT Tarmogʻi boshqaruv guruhining 24-majlisida...

23:54 28 Mart 2019
Oʻzbekiston muftiysi oʻzi taʼlim olgan Ishtixondagi maktabga kitoblar sovgʻa qildi

Ushbu kitoblar maktab oʻquvchilarining yanada chuqur bilim olishi, dunyoqarashi kengayishi va maʼnan kamolga yetishiga katta xizmat qiladi.

19:02 28 Mart 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер